30-aprel – Xalqaro jaz kuniga bag‘ishlab 2015-yil 8-apreldan 8-maygacha O‘zbekistonda Xalqaro jaz festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Festival O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi Davlat jaz orkestri, “Ilhom” teatri tomonidan AQSh, Fransiya va Latviya elchixonalari ko‘magi va ishtirokida hamda YuNESKO vakolatxonasi shafeligida tashkillashtirilmoqda.
Festivalda Botir Zokirov nomidagi Davlat jaz orkestri, Jazzirama guruhi (O‘zbekiston), Ari Roland jaz to‘rtligi (Nyu-York, AQSh), Pyer de Betmann (Fransiya), Ksilem Trio (Latviya) ishtirok etadi.
Izoh (0)