Katoliklar tomonidan nishonlanadigan Pok payshanba kuni Rim Papasi oyoqlarni tahorat qilish diniy marosimini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Fransisk ushbu diniy an’anani o‘zining asl ma’nosiga maksimal muvofiqlikda ijro etdi. Marosim Iso Masihning qatldan avval o‘z shogirdlari oyoqlarini yuvib qo‘ygani bilan bog‘liq afsonaga asoslanadi.
Papa shu paytga qadar narkoklinikalar bemorlari, boshpanasizlar oyoqlarini yuvib qo‘ygan bo‘lsa, bu safar shu maqsadda Rim bosh qamoqxonasi va ayol mahbuslar izolyatoriga tashrif buyurdi.
Izoh (0)