Suratlarini internet orqali tomosha qilgan 100 mingdan ortiq kuzatuvchilarning tanqidini inobatga olmagan xonanda Lola hamkasbi Rayhonning joriy yildagi konsertida yanada ochiq libosda namoyon bo‘lgan edi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Lolaning yelkasi va oyoqlari ochiq holatdagi surati qo‘l telefonlari orqali yashin tezligida tarqaldi.
O‘tgan hafta esa Lola va Rayhon yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Klip jarayonlaridagi Lolaning ochiq libosi muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylandi, deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lola kelgusida milliy mentalitetimizga zid liboslar kiymaslikka, bunday holatlar qaytarilmasligiga va’da bergani xabar qilingan edi.
Izoh (0)