Oxota dengizidagi “Uzoq Sharq” trauleri (baliq ovlaydigan dengiz kemasi) halokatga uchragan joyda qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga jalb qilinganlar soni deyarli ikki marta —1,4 ming kishigacha ko‘paytirildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Uzoq Sharq mintaqaviy markazi matbuot xizmatiga tayanib.
Avvalroq favqulodda holat joyida 800 ga yaqin kishi ishlayotgani xabar berilgan edi.
“Uzoq Sharq” katta avtonom trauleri 2-aprel, payshanbaga o‘tar kechasi Oxota dengizi akvatoriyasida Magadandan 300 km masofada cho‘kib ketdi. Kema bortida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 78 nafar rossiyalik va 54 nafar xorijlik bo‘lgan. FVV ma’lumotlari bo‘yicha, suvdan 54 marhumning jasadi olib chiqilgan.
Izoh (0)