To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi To‘ti Yusupova 135 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasiga asoslanib “Furkat.uz” xabar bermoqda.
To‘ti Yusupova 1880-yilda To‘rtko‘l tumanida tavallud topgan. U yoshlik chog‘laridan boshlab, nafaqaga chiqqunga qadar “Ko‘na-To‘rtko‘l” xo‘jaligida ishlab, fidokorona va yuqori insoniylik fazilatlari bilan ajralib turgan.
To‘ti momo umri davomida shogirdlari va farzandlarining jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun o‘zining barcha kuch-g‘ayratini ishga soldi va keng jamoatchilik orasida katta hurmat qozondi.
Uning ko‘p yillik mehnatlari yuqori baholanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Izoh (0)