Turkiya maxsus topshiriqli harbiy bo‘linmalari Istanbuldagi qurolli kishilar tomonidan prokuror Selim Kiraz garovda saqlanayotgan prokuratura binosiga kirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Kiraz 2013-yilda Istanbuldagi “Gezi-park”dagi namoyishlar chog‘ida gazli granatalar yomg‘iri ostida qolib ketgan 15 yoshli o‘spirin o‘limi haqidagi ishni tergov qilayotgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli kishilar prokurorni o‘z ofisida qo‘lga tushirgan. Ular o‘spirinning o‘limida aybdor bo‘lgan politsiyachilar Toshkent vaqti bilan 17:35 gacha hibsga olinishini talab qilmoqda. “Prokurorni ozod qilishga urinilsa, u o‘ldiriladi”, — deya ma’lum qildi yovuz niyatlilar.
Izoh (0)