27−28-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Dam olish dunyosi 2015” Uchinchi xalqaro o‘zbek turistik ko‘rgazmasi doirasida retro-avtomobillar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Ko‘rgazmada ishlab chiqarilganiga kamida 60 yil bo‘lgan 20 dan ortiq noyob avtomobil namoyish etiladi.
27-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma tashkilotchilari “Retro UZ avtomobilchilar klubi”dir. Ko‘rgazmaga qo‘yiladigan avtoulovlarning barchasi restavratsiya qilingan, ba’zilari ish holatida.
Izoh (0)