Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha nufuzli Turnier der Meister World Challenge Cup 2015 musobaqasi yakunlandi. Jahon Kubogi bosqichidan o‘rin olgan ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Terma jamoamiz a’zolaridan eng yaxshi natijani Oksana Chusovitina qayd etdi. Hamyurtimiz tayanib sakrash bahslarida eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir terma jamoamiz yetakchisi Anton Fokin esa 15,6 ball bilan 4-o‘rinni egalladi va sovrinli o‘rinlar uchun ozgina omadi kelmay qoldi.
“Terma jamoamiz Jahon Kubogi bosqichida yomon ishtirok etmadi. Afsuski, biroz omad yetmay qoldi va shaxsan o‘zim sovrinli o‘rinlarni egallay olmadim. Oksanaga esa gap yo‘q. Yoshlar bilan tengma-teng kurashishni emas, hatto ulardan ustun kelishni ham uddalayapti. Buni qayd etgan natijasi ham tasdiqlaydi”, − dedi Fokin.
Izoh (0)