“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Primerosining 28-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklar darvozasiga o‘zining 15-golini urgan, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Bu ko‘rsatkich orqali portugaliyalik yulduz bu borada “Qirollik klubi”ning sobiq hujumchisi Rauldan o‘zib ketdi. Ronaldu “Barsa”ga qarshi o‘yinlarda yana 3 ta gol kiritadigan bo‘lsa, afsonaviy Alfredo Di Stefanoga yetib oladi.
Joriy mavsumda Ronaldu 25 ta uchrashuvda 31 ta gol urgan.
Izoh (0)