2-may kuni Menni Pakyaoga qarshi kurashadigan professional bokschi Floyd Meyvezer jangga qat’iy rejim asosida tayyorgarlikni boshladi. Shu maqsadda u shaxsiy oshpazni ishga yolladi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ovqat kaloriyasini saqlash maqsadida u oshpazga jami 184 ming dollar, ya’ni kuniga 4000 dollardan to‘laydi. Meyvezer uning nazorati ostida faqat tabiiy mahsulotlarni iste’mol qiladi.
Izoh (0)