18-mart, chorshanba kuni Tunis poytaxtidagi Bardo milliy muzeyida jangarilar sayyohlar guruhini garovga oldi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Muzeyga hujum qurbonlari soni 22 kishiga yetdi.
Halok bo‘lganlar orasida Germaniya, Italiya, Polsha va Ispaniya kabi davlatlardan kelgan turistlar bor. Shuningdek ikki nafar tunislik — tinch aholi vakili va huquqni himoya qilish organlari xodimi terrorchilik qurboniga aylandi.
Ma’lum bo‘lishicha, turistlarni garovga olishda besh jangari ishtirok etgan. Ularning ikki nafari shiddatli hujum chog‘ida o‘ldirildi, qolgan jinoyatchilar ayni paytda politsiya tomonidan qidirilmoqda.
Izoh (0)