Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z jamoasi muxlislarini haqorat qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Ispaniyadagi La Sexta telekanali orqali Ronaldu qay tariqa muxlislarga haqoratomuz gap aytgani ko‘rsatilgan. “Levante”ga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida madridlik muxlislar futbolchilar o‘yinidan norozilik bildirganlar. Mana shunday holatda portugaliyalik futbolchi tribunalar tomon qarata “fodanse” so‘zini aytgan.
Bu so‘zning tarjimasi yumshoqroq qilib aytganda “bor o‘sha yoqqa”, “yo‘qol” degan ma’noni bildiradi.
Izoh (0)