Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Baraka Obamadan xatosini tuzatishini talab qilish uchun Vashingtonga borishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
“Biz dunyodagi barcha diplomatik kanallar orqali prezident Obama xatosini tuzatishini va Venesuela AQSh uchun tahdid deb e’lon qilingan axloqsiz buyrug‘ini bekor qilishini talab qilamiz”, − dedi Maduro.
Kitob yarmarkasida chiqish qilgan Maduro Venesuela Vashingtonda ushbu masalaga bag‘ishlangan tadbir tayyorlayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u AQSh hukumatiga qo‘pol xato qilayotganini aytish uchun Vashingtonga borishga tayyorligini ta’kidladi.
Izoh (0)