Mart boshida taqdim etilgan yangi HTC One M9 smartfoni (32 Gb xotiralisi)ga 650 dollar narx belgilandi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Qurilma 25-martdan sotila boshlaydi.
Yangi qurilmaning avvalgi modeldan asosiy farqi shundaki, unda ultrapikselli asosiy kamera o‘rniga 20 megapikselli fotomodul o‘rnatildi. Ultrapikselli kamera esa old panelga o‘tdi.
Yangi HTC flagmani 3 Gb tezkor xotira, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, 2840 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Smartfon Android 5.0 operatsion tizimida ishlaydi.
Izoh (0)