Misrlik milliarder Nagib Saviris Euronews telekanalining 53 foiz aksiyalarini 35 million yevro evaziga sotib oladi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Ushbu mablag‘ kanalning raqamli tarmog‘ini rivojlantirish va yangi Africannews loyihasi uchun sarflanadi. Shartnoma direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan, endi Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Bu amalga oshsa, kanalga Savirisning Hold Co xoldingi va Yevropa televideniyelari tomonidan tuzilgan Public Service for Europe kompaniyasi egalik qila boshlaydi.
Izoh (0)