Abdumalik Jumanov Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yangi rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning Toshkent Xalqaro Vestminster universitetidagi manbalari ma’lum qildi.
Abdumalik Jumanov bungacha Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori lavozimida ishlab kelgan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining avvalgi rektori Nodir Jumayev o‘z vazifasidan ozod qilingani haqida 2014-yil 19-noyabr kuni xabar berilgan.
Avvalroq, Toshkentdagi Xalqaro Vesminster universitetining yangi rektori etib Komiljon Karimov tayinlangani xabar qilingan edi.
Izoh (0)