Mashhur xitoylik aktyor Jeki Channing o‘g‘li Jeysi marixuana iste’mol qilgan uchun omma oldida uzr so‘radi, deb xabar bermoqda “TASS”.
13-fevral kuni ozodlikka chiqqan 32 yoshli Jeysi Chan maxsus matbuot anjumani avvalida tavba qilganlik belgisi sifatida chuqur ta’zim qildi. U o‘z qilmishlarini hech nima bilan oqlab bo‘lmasligini tan olib, o‘ziga ikkinchi imkon berishni so‘radi. Qamoqda o‘tirib o‘z hayotini butunlay o‘zgartirish haqida o‘ylaganini, o‘zini oilasi va ijodiga bag‘ishlashini ma’lum qildi.
Eslaib o‘tamiz, Jeysi Chan 2014-yil avgust oyida uning Pekindagi uyida politsiya narkotik moddalarni iste’mol qilganlikda gumonlangan shaxslarni aniqlagach qo‘lga olingan. Jeysining o‘zining qonidan ham marixuana aniqlangan.
Izoh (0)