Minskda Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ukraina rahbarlari ishtirokida “normandcha format”dagi muzokaralar 16 soat davom etdi va yakunda “Minsk kelishuvlarining bajarilishi bo‘yicha choralar majmuasi” nomli hujjat imzolandi. “Kommersant.ru” hujjatning asosiy bandlarini e’lon qildi.
Unga binoan, 2015-yil 15-fevral 00:00 dan boshlab Ukrainaning Donetsk va Lugansk Respublikalarida o‘t ochish to‘xtatiladi. Ikkala tomondan ham og‘ir qurollar ortga suriladi. Ushbu jarayonlarni YXHT nazorat qiladi. Texnika ortga surilishi boshlangach mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari uchun saylovlar o‘tkazilishi lozim.
Минский договор, согласно которому перемирие наступит в воскресенье. pic.twitter.com/WwJNlEmVTB
— Новости. Как есть (@nourlnews) February 12, 2015
Voqealarga aloqadar shaxslar, avf etish va amnistiya qo‘llash orqali, ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha asirlar ozod etiladi va almashtiriladi. Gumanitar yordam muhtoj hududlarga xalqaro mexanizmlar orqali taqsimlanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar to‘liq tiklanishi bo‘yicha choralar ko‘riladi. Saylovlar o‘tkazilgach, mojaro hududidagi davlat chegarasida Ukraina to‘liq nazorat o‘rnatadi.
Ukraina hududidagi barcha xorijiy qurollangan bo‘linmalar, harbiy texnika va yollanma shaxslar olib chiqiladi. Ukrainada konstitutsiyaviy islohot o‘tkazilib, Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi ba’zi hududlarning alohida maqomi mustahkamlab qo‘yiladi.
Izoh (0)