O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015-yil 10-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 6,03 so‘mga oshib, 2448,16 so‘mni, 1 yevro o‘tgan haftagidan 3 so‘mga oshib, 2774,81 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 1,64 so‘mga oshib, 37,07 so‘mni tashkil etadi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.