Google kompaniyasi rahbari Erik Shmidt Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumidagi bahs-munozaralardan birida internetning sanoqli kunlari qolganini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Internet yo‘qolib ketadi. IP-manzillar hamda siz aloqa qiladigan qurilmalar, datchiklar va boshqa buyumlar shunchalik ko‘payib ketadiki, buni payqamay ham qo‘yasiz”, — deya javob qildi Erik Shmidt global tarmoq kelajagi haqida berilgan savolga javoban.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda mobil dasturlar infratuzilmasi qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini bashorat qilish qiyin, chunki smartfonlar qudratini kuchaytiruvchi, mohiyatan superkompyuter bo‘lgan bozorning yangi ishtirokchilari safi olg‘a surilmoqda.
Izoh (0)