Xonanda Manzura Malayziyada modellik bilan tanilayotgan Aziza ismli model bilan fotosessiya o‘tkazdi, deb xabar beradi “Sayyod.com”.
Kanaki studiyasida o‘tgan bu fotosessiya uchun liboslarga Xilola Sher mas’ul bo‘lib, bo‘yokorlikni doimgidek Manzuraning sodiq bo‘yokori Fevzi amalga oshirdi. Suratlardan go‘yoki ikki dugona saunadan hozirgina chiqib kelib, faqatgina boshidagi sochiqni olish yoddan chiqqandek ko‘rinadi, deyiladi xabarda.
Manzurada model qizlar bilan bog‘liq yana bir yangilik bor: u “Borsan” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipda bosh qahramonlardan birini katta loyihalarda qatnashgan taniqli model Anastasiya Kovbaga ishondi.
1-fevraldan boshlanadigan uch kunlik yakkaxon dasturiga tayyorlanayotgan Manzuraning aytishicha, konsertda u 100 yil davomidagi barcha xitlarni taqdim etadi.
Bir oydan kam vaqt qolgan konsert dasturiga tayyorgarchilik avjida va Manzuraning hozirda barcha fikr-u xayoli va, albatta, vaqtini uzoq kutilgan va kuttirilgan konsert dasturi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar olmoqda.
Izoh (0)