Rossiya estradasi yulduzlari Filipp Kirkorov va Stas Mixaylov 23-dekabr kuni “Aeroflot” kompaniyasi reysini kutib, tunni Toshkent aeroportida o‘tkazishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kun”.
Toshkentda quyuq tuman tushganligi sababli bu reysning kechiktirilganligi e’lon qilingan edi.
Samolyot Toshkentdan Moskvaga bugun — 24-dekabr kuni kechki soat birda uchib ketdi. Shu sababli Stas Mixaylov 24-dekabrda Moskva viloyati Reutov shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertini boshqa kunga ko‘chirishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)