Pokistonda kelasi haftada Peshovardagi teraktni tashkil qilishda ayblanayotgan kishilar osib o‘ldiriladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Mahbuslar saqlanayotgan Feysalobod, Lahor va va Ravalpind qamoqxonalarida qatl jarayoniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ushbu hodisa munosabati bilan mamlakat bosh vaziri Navaz Sharif o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriy (cheklov)ni bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, 16-dekabr, seshanba kuni pokistonlik toliblar guruhi Peshovardagi maktabni egallab oldi. Natijada 148 kishi halok bo‘ldi, yana 150 nafari turli jarohatlar oldi.
Toliblar o‘z hujumini jangarilar oilalariga qarshi olib borilayotgan shafqatsiz operatsiyalarga qasdma-qasdiga amalga oshirganini aytdi.
Ushbu hodisa bo‘yicha 17 kishiga nisbatan ayblov qo‘yilgan.
Izoh (0)