Yevropa ligasining 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Liverpul” Turkiyaning “Beshiktosh” klubiga to‘qnash keladi. Guruh bosqichida Moskvaning “Dinamo” klubiga ikki marta yutqazgan “PSV”, pley-offda Rossiyaning “Zenit”iga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Yevropa ligasi 1/16 final bosqichining dastlabki o‘yinlari 19-fevral, javob bahslari 26-fevral kuni o‘tkaziladi.
Yevropa ligasi 1/16 final juftliklari (dastlabki o‘yin nomi birinchi ko‘rsatilgan jamoa maydonida bo‘ladi):
- “Yang Boyz” — “Everton”
- “Torino” — “Atletik Bilbao”
- “Sevilya” — “Borussiya Menxengladbax”
- “Volfsburg” — “Sporting”
- “Ayaks” — “Legiya”
- “Olborg” — “Bryugge”
- “Anderlext” — “Dinamo Moskva”
- “Dnepr” — “Olimpiakos”
- “Trabzonspor” — “Napoli”
- “Gengam” — “Dinamo Kiyev”
- “Vilyarreal” — “Zalsburg”
- “Roma” — “Feyenoord”
- “PSV” — “Zenit”
- “Liverpul” — “Beshiktosh”
- “Tottenxem” — “Fiorentina”
- “Seltik” — “Inter”
Izoh (0)