Rus biografiya instituti Iqtisodiy strategiyalar instituti bilan hamkorlikda, federal telekanallar va OAV ko‘magida “Yil odami−2014” xalqaro mukofoti sohiblarini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Kapital.kz”.
Bu yilgi mukofot sohiblari 16 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlandi. Qozog‘iston, Rossiya va Belarus prezidentlari Nursulton Nazarboyev, Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga asos solgani uchun “Davlat arbobi” nominatsiyasida, Armaniston prezidenti Serj Sargsyan bu ittifoq bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarini mustahkamalagani uchun, Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni mustahkamlagani uchun “Yil odami − 2014” deb topildi.
“Davlat tashkilotlari” yo‘nalishida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Butunrossiya davlat telerodiokompaniyasi g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)