“Rossiya temir yo‘llari” korxonasining sho‘basi “Federal yo‘lovchi kompaniyasi” 2014-yil 14-dekabrdan boshlab Ozarbayjon, Ukraina, Qozog‘iston va Tojikistonga boradigan o‘z poyezdlarini bir yil muddatga bekor qiladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror 2014−2015-yillardagi harakatlar jadvalini to‘g‘rilash maqsadidda va bu yo‘nalishlardagi harakat rentabelligi pastligi sababli qabul qilingan. Qayd etilishicha, avval yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvali yozda chiqarilgan bo‘lsa, endi bu dekabr oyida amalga oshiriladi. Shu sababli poyezdlar kamida bir yilga bekor qilingani aytilgan.Poyezdlarni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Belorussiya, O‘zbekiston, Moldovaga boradigan poyezdlarga amal qilmaydi.
Izoh (0)