Euronews telekanalida O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va sayyohlik infratuzilmasi haqida Uzbekistan life turkum ko‘rsatuvlar namoyishi davom etmoqda, deb yozadi “O‘zbekturizm” matbuot xizmati.
25-dekabrdan qadimiy shahar Buxoroga bag‘ishlangan navbatdagi reportaj efirga uzatila boshlaydi. U Euronews muxbirlari tomonidan bevosita “O‘zbekturizm” xodimlari bilan hamkorlikda telekanalga xos bo‘lgan uslubda tayyorlandi.
Nashrning ta’kidlashicha, Uzbekistan life xalqaro telekanalda ommalashib bormoqda. Ushbu reportajlar xalqaro hamjamiyatning O‘zbekiston va uning Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan, rivojlanayotgan sayyohlik sektoriga ega bo‘lgan davlat sifatidagi xalqaro o‘rni haqida xabardorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Izoh (0)