“Rozetta” kosmik kemasining koinotdagi 10 yillik sayohatini tomosha qiling (foto)
Churyumov-Gerasimenko kometasiga qo‘ngani xabar qilingan “Fili” modulining asosiy qismi − “Rozetta” zondining koinotdagi 10 yillik sayohati suratlari The Verge nashri tomonidan taqdim etildi.
2002-yil sentabr: “Rozetta” Yevropa kosmik markazida. Foto: The Verge
2004-yil mart: “Rozetta” Fransuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan yo‘lga chiqdi. Foto: The Verge
2005-yil mart: Tinch okeani ustidan Oy ko‘rinishi. Foto: The Verge
2007-yil mart: Mars ustida. Foto: The Verge
2007-yil fevral: Yer atrofidan ikkinchi marta aylanish. Foto: The Verge
2009-yil noyabr: Janubiy Amerika va Antarktida ustida quyosh chiqishi. Foto: The Verge
2010-yil iyul: Lyutetsiya asteroidi. Foto: The Verge
2014-yil mart: o‘rganiladigan kometa aniqlandi. Foto: The Verge
2014-yil avgust: kometadagi qo‘nish mumkin bo‘lgan joylar. Foto: The Verge
2014-yil sentabr: “Fili”ning qo‘nish joyi aniqlandi. Foto: The Verge
2014-yil noyabr: “Fili” kometaga qo‘nishni boshladi. Foto: The Verge
Churyumov-Gerasimenko kometasi yadrosi yuzasining “Fili” ilmiy moduli qo‘ngan vaqtida olingan ilk surati. Foto: Reuters
Eslatib o‘tamiz, Yevropaning “Rozetta” nomli zondi (atmosferaning yuqori qatlamlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan apparat)ning tushiriladigan moduli — “Fili” Toshkent vaqti bilan 12-noyabr soat 21:03 da Churyumov-Gerasimenko kometasiga qo‘ndi. Tarkibida “Fili” moduli bo‘lgan “Rozetta” apparati fazoga 2004-yil mart oyida Fransuz Gvianasida joylashgan Kuru kosmodromidan uchirilgan edi
Izoh (0)