“Avtostat” agentligi Rossiyadagi eng qimmat va eng arzon avtomobil rusumlari o‘nligini e’lon qildi. Bu haqda “Avtosreda” nashriga asoslanib Motor.ru xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Rossiyadagi eng qimmat rusumlar sifatida Mercedes Benz, Land Rover, Lexus, BMW, Audi, Volvo, Toyota, Subaru, Honda va Mitsubishi topilgan.
Rossiyadagi eng arzon avtomobil rusumlari sifatida esa Daewoo, Lada, Lifan, Chery, Renault, Chevrolet, Citroen, Great Wall, Peugeot va Hyundai topilgan.
Ma’lumot uchun, o‘zbek avtomobillari Rossiyada Daewoo va Chevrolet brendlari ostida sotiladi.
Izoh (0)