Bir necha oy avval Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi o‘z avtomobillariga GPS monitoring tizimini joriy qildi: boshqarmaga tegishli bo‘lgan 15 ta avtomashinaga Newmax Technologies kompaniyasining GPS uskunalari o‘rnatildi.
Hozirda, Namangan viloyatidagi 102 raqami orqali kelib tushayotgan barcha qo‘ng‘iroqlarga javoban, tezkor yordam samarasini oshirish uchun dispetcher ushbu GPS tizimidan foydalangan holda, eng yaqin bo‘lgan YHXB avtomashinasini zarur joyga yuboradi. Bu esa yordam yanada tezroq amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hozirga qadar MaxTrack tizimi O‘zbekiston bo‘ylab 400 dan ortiq korxonalarda avto va suv transporti vositalariga o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Zamin” fermer xo‘jaligi rahbari Ibrat Karabayev o‘z traktorlariga GPS-trekerlar o‘rnatib, ularni doimiy ravishda nazorat qilib turishi, bu esa xo‘jalik rahbarining oyiga 14 million so‘mdan oshiq mablag‘ni tejashiga yordam berayotgani haqida xabar qilgan edik.
Shuningdek, Navoiy viloyati To‘dako‘l baliq xo‘jaligi rahbari o‘z katerlarini MaxTrack GPS tizimi orqali nazorat qilayotgani haqida xabar berilgan edi. MaxTrack GPS tizimi ko‘magida To‘dako‘ldagi baliqchilar doimiy nazorat ostida bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, katerlar yo‘nalishini istalgan paytda telefon, planshet yoki kompyuter orqali kuzatib turish mumkin.
Siz ham o‘zingizga tegishli bo‘lgan transport vositalariga MaxTrack tizimini o‘rnating va doimiy nazorat qilib turing!
Batafsil ma’lumot uchun maxtrack.uz’ga tashrif buyuring yoki (+998-71) 150-86-86 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)