“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi kengashi joriy yilning to‘qqiz oyida kompaniyaning ishlab chiqarish va moliya sohalarida olib borgan faoliyatini ko‘rib chiqib, tuzilma bo‘linmalarining kuz-qish mavsumi uchun tayyorligi masalasini muhokama qildi. Bu haqda milliy aviakompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
2014-yilning yanvar — sentabr oylarida milliy aviakompaniya samolyotlarida yuk tashish ko‘rsatkichi 7,1 foizga o‘sib, pochta hamda pulli yuklar bilan birgalikda 32 ming tonnani tashkil etdi.
Qayd etilishicha, uzoq xorijga yuk eltish ko‘rsatkichi 2013-yilning dastlabki to‘qqiz oyiga nisbatan 17,6 foizga oshgan bo‘lsa, MDH davlatlariga yuk yetkazish 22,4 foizga, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha esa 13,4 foizga o‘sgan.