Oliy liganing 21-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida o‘z nihoyasiga yetdi. Unda maydon egalari “Buxoro” jamoasini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
O‘yin to‘liq “Paxtakor”ning ustunligi ostida o‘tdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida Jamshid Iskandarov uzoqdan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 30-daqiqada Vladimir Kozak ham jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi — 2:0. 37-daqiqaga kelib, Igor Sergeyev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 68-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Bahodir Pardayev gol kiritib, hisobni 4:0 ga yetkazdi. Uchrashuv ana shu hisobda yakuniga yetdi.
Bu “sherlar”ning O‘zbekiston milliy chempionatidagi 10-chempionligidir. Shu tariqa jamoa libosidagi yulduzlar sonini ikkitaga ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ldi.
Oliy liga, 21-tur
“Paxtakor” — “Buxoro”: 4:0
Gol: J. Iskanadarov (1), V. Kozak (30), I. Sergeyev (37), B. Pardayev (68)
“Paxtakor”: Lobanov, Krimets, Miladinovich, Hoshimov, Ismatullayev, Andreyev, Kozak, Maxaradze, Iskanderov, Karimov, Sergeyev.
“Buxoro”: Korneychuk, Kochnev, Ne’matov, Plyamadeala, Ubaydullayev, Asqaraliyev, Ilyin, Ramazonov, Rajabov, Narzullayev, Popovich.
Izoh (0)