AQShning Vashington shtati Merisvill shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada yaralangan o‘smirlardan yana biri vafot etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” shifoxona rasmiy vakillariga tayanib.
Fojianing uchinchi qurboni 14 yoshli Jia Soriano bo‘ldi. Kasalxonada maktabning yana uch nafar o‘quvchisi yotibdi, ularning barchasi og‘ir ahvolda deb aytilmoqda.
Hodisa 24-oktabr kuni ertalab sodir bo‘ldi. 14 yoshli Jeylin Frayberg ismli yigitcha to‘pponcha bilan qurollanib, maktab oshxonasiga kiradi va otishma uyushtiradi. Hujum natijasida bir kishi voqea joyida halok bo‘ladi, yana yetti kishi turli darajada jarohat oladi. Qurollangan yigit oxirida o‘z joniga qasd qiladi.
Izoh (0)