O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 25—28-oktabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, respublikaning deyarli barcha viloyatlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida harorat 25-oktabrda kechasi 5—10 daraja, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi, 26—28-oktabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliqqacha pasayadi. 26-oktabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 25—26-oktabrda kechasi 9—14 daraja, kunduzi 20—25 daraja, 27-oktabr kuni esa kechasi va kunduzi 5—10 daraja iliq, 28-oktabrda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi. 27-oktabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat 25—26-oktabrda kechasi 10—15 daraja, kunduzi 20—25 daraja, 27-oktabr kuni kechasi va kunduzi 5—10 daraja iliq, 28-oktabrda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi. 25—26-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi; 27—28-oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 27-oktabr kuni kechga tomon, 28-oktabrda kechasi va kunduzi ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 25—26-oktabr kuni kechasi 12—17 daraja, kunduzi 23—28 daraja, 27-oktabrda kechasi va kunduzi 12—17 daraja, 28-oktabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi. 27-oktabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 25—27 oktabrda 10—15 daraja, 28-oktabrda 3—8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi 25—26-oktabrda 20—25 daraja bo‘ladi, 27—28-oktabrda asta-sekin 5—10 daraja iliqqacha pasayadi. 25—26-oktabrda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 27—28-oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 28-oktabr kuni ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida harorat 25—26-oktabrda kechasi 5—10 daraja, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi. 27—28-oktabrda kechasi 2—7 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha pasayadi. 25—26-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27—28-oktabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Izoh (0)