To‘dako‘l suv ombori Navoiy viloyatidagi asosiy suv havzasidan biri hisoblanadi. Baliq xo‘jaligi rahbari brakonyerlikning oldini olish, bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarni tutish, baliqchilik xo‘jaligini himoya qilish va baliqchilar qayerda suzayotganini nazorat qilish uchun bir yil oldin ushbu suv havzasiga qarashli 24 ta katerlarga Newmax Technologies kompaniyasining GPS uskunalarini o‘rnatdi.
Suv ombori rahbarining aytishicha, Maxtrack GPS tizimi ko‘magida To‘dako‘ldagi baliqchilar doimiy nazorat ostida bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, katerlar yo‘nalishini istalgan paytda telefon, planshet yoki kompyuter orqali kuzatib turish mumkin.
Hozirga qadar Maxtrack tizimi O‘zbekiston bo‘ylab 400 dan ortiq korxonalarda avto va suv transporti vositalariga o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Zamin” fermer xo‘jaligi rahbari Ibrat Karabayev o‘z traktorlariga GPS trekerlar o‘rnatib, ularni doimiy ravishda nazorat qilib turishi, bu esa xo‘jalik rahbarining oyiga 14 million so‘mdan oshiq mablag‘ni tejashiga yordam berayotgani haqida xabar qilgan edik.
Siz ham o‘zingizga tegishli bo‘lgan transport vositalariga Maxtrack tizimini o‘rnating va doimiy nazorat qilib turing! Batafsil ma’lumot uchun: www.maxtrack.uz (+998-71) 150-86-86
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)