Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Gazprom investxolding” MChJ bosh direktori lavozimini tark etdi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, Gazeta.ru xabar bermoqda.
Kompaniya tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-yildan beri “Gazprom investxolding”ga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonov bosh direktor lavozimidan o‘z xohishi bilan bo‘shagan.
Kompaniyaning yangi bosh direktori etib Yevgeniy Shadrin tayinlandi. Xabar berilishicha, Shadrin avval “Gazprom investxolding”ning sho‘basi bo‘lmish “Faktoring-Finans” MChJga rahbarlik qilgan.
Izoh (0)