KXDR va Janubiy Koreya harbiy-dengiz patrullari bir-biriga qarata o‘t ochdi, deya xabar bermoqda “Kun” Yonhap axborot agentligiga tayanib.
Xabar berishlaricha, KXDR patrul kateri Koreya yarimorolining g‘arbiy qirg‘oqlaridagi bahsli dengiz chegarasini kesib o‘tganidan so‘ng, Janubiy Koreya harbiy kemasi ogohlantiruvchi o‘q otgan.
Bunga javoban, Shimoliy Koreya kemasi chekinayotgan vaqtda javob o‘q otishlarini amalga oshirgan, deya qayd etishdi Janubiy Koreya mudofaa vazirligida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holatdan so‘ng Janubiy Koreya tomonida hech kim jabrlanmagan, Shimoliy Koreya tomoni ziyonlari to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)