KXDR yetakchisi Kim Chen In sentabr oyining o‘rtalarida ikkala to‘piqlarida jarrohlik operatsiyasini boshidan kechirdi va ayni paytda shifoxonada bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Bu borada Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo nashri o‘z manbasidan quyidagi gaplarni keltirgan: “Kim Chen In iyun oyidagi nazorat tekshiruvlardan biri vaqtida o‘ng oyog‘i to‘pig‘idan jarohat olgan, deb eshitgan edim. Jarohatning ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi sababali ikkinchi to‘piqqa ham zarar yetgan”.
Jarrohlik operatsiyasi faqatgina partiyaning eng yuqori lavozimdagi shaxslari muolaja qilinadigan Bongva klinikasida o‘tkazilgan. Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi sport jarohati, nasliy kasalliklar yoki podagra bilan og‘rigani taxmin qilingan edi.
Izoh (0)