Bill va Hillari Klintonlarning yagona qizi birinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. 34 yoshli Chelsi Klinton mazkur xushxabarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Sobiq prezident va sobiq Davlat kotibining qizi Chelsi so‘zlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Sharlotta deb ism berilgan.
Ma’lumot uchun, Chelsi Klinton 2011-yil bank xodimi Mark Mezvinskiga turmushga chiqib, shu yildan beri NBC telekompaniyasida muxbir sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Joriy yilning avgust oyida u telekanaldagi faoliyatini to‘xtashini ma’lum qildi.
Endi AQSh sobiq prezidentining qizi o‘zini otasi asos solgan Clinton Foundation nodavlat tashkiloti bilan hamkorlik qilishga bag‘ishlashni rejalashtirgan. Mazkur tashkilot sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida xalqaro hamkorlik o‘rnatishga ixtisoslashgan.
Izoh (0)