Dzyudo bo‘yicha 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan Abdulla Tangriyev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga to‘rtinchi bronzani taqdim etdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Dzyudochilar bronza medal uchun bellashuvda qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiy ustidan g‘alaba qozondi va Chelyabinskda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi. Bahs tugashiga 34 soniya qolganida “ippon” bahosi Tangriyevga g‘alaba keltirdi.
Abdulla nimchorak finalda singapurlik Xo Xan Bunni mag‘lub etdi, biroq chorak finalda koreyalik dzyudochiga yutqazib qo‘ydi. U o‘tish bahsida qozog‘istonlik Yerjan Shikeyevni mag‘lub etib, “bronza” uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)