O‘zining deputatlik vakolatlarini topshirishga qaror qilgan Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Alina Kabayeva “Natsionalnaya Media Gruppa” xoldingi direktorlar kengashiga raislik qiladi, deb xabar bermoqda “RBK” portali.
“Natsionalnaya Media Gruppa” xoldingi jamoatchilik kengashini olti yil mobaynida boshqargan Kabayeva Alina Maratovna xolding direktorlar kengashi raisi lavozimini egallash haqidagi taklifni qabul qildi, deyiladi Kabayeva axborot xizmatida tarqatilgan xabarda.
Unda qayd etilganidek, “Federatsiya Kengashi a’zosi maqomi va RF Federal Majlisining Davlat Dumasi deputati maqomi to‘g‘risida”gi qonun mazkur ishni deputatlik faoliyati bilan birgalikda olib borishni ko‘zda tutmaydi. “Shu sababli deputatlik mandatini muddatidan avval topshirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi”, — deb qayd etdi Kabayeva axborot xizmati.
“Natsionalnaya Media Gruppa” matbuot xizmati ham mazkur ma’lumotni tasdiqladi. Matbuot kotibining xabar berishicha, yaqin kunlarda o‘tkaziladigan xolding aksiyadorlari yig‘ilishida direktorlar kengashidagi o‘zgarishlar tasdiqlanadi.
Davlat Dumasining reglament bo‘yicha qo‘mitasi Kabayevaning deputatlik vakolatlarini muddatidan avval topshirish borasidagi murojaatini ko‘rib chiqib, quyi palataga murojaatni ma’qullashni tavsiya qildi.
Izoh (0)