“Formula-1” sinfidagi avtopoygalarda yetti karra jahon chempioni bo‘lgan Mixael Shumaxer Lozanna (Shveysariya)dagi kasalxonadan chiqarildi, deya xabar bermoqda Reuters.
“Bizni sog‘ayib ketish uchun oldinda uzoq va og‘ir yo‘l kutib turibdi”, — deyiladi oilaviy bayonotda.
Shumaxer 2013-yil 29-dekabrda Fransiyadagi Alp tog‘larida chang‘i uchayotganida boshidan og‘ir jarohat olgan va uzoq vaqt sun’iy koma holatida bo‘lgan. Iyun oyining so‘ngida uning komadan chiqqani va Lozannadagi reabilitatsiya shifoxonasiga olib kelingani haqida xabar tarqalgan. Shundan so‘ng, Shumaxerning ayoli uning ahvoli yaxshilanayotganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)