2014-yilning 18-avgust kuni soat 02:24 da “Helping realizatsion” mas’uliyati cheklangan jamiyat hududida joylashgan taxta bozorida olovdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in o‘z vaqtida yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezda o‘chirildi, deyiladi xabarda. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘in natijasida 300 metr² ga yaqin taxta yongan. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 12-avgust, seshanba kuniga o‘tar kechasi soat 00:28 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Best-plyus” kompaniyasi savdo majmuasi (“Chinni bozor”)da ham yong‘in yuz bergan edi.
Izoh (0)