“Xalqaro sport arbitraj sudi” (CAS) “Barselona” hujumchisi Luis Suaresga o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishga ruxsat berdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Bu urugvaylik hujumchining “Barselona” safida 18-avgust kuni Gamper Kubogi doirasidagi “Leon”ga qarshi uchrashuvda debyut bahsini o‘tkaza olishini bildiradi.
CAS Suaresning to‘rt oylik diskvalifikatsiyasini o‘z kuchida qoldirdi. Biroq futbolchiga “Barselona” mashg‘ulotlarida ishtirok etish huquqi berildi.
Izoh (0)