Samsung yangi Galaxy Note smartfonini 3-sentabr kuni e’lon qilishi haqida avval xabar berilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, uning nomi Galaxy Note 4 bo‘lishi kerak. Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, Galaxy Note 4 smartfoni 15-sentabrdan keyin sotuvga chiqishi mumkin.
Samsung kompaniyasining rasman tasdiqlanmagan hujjatiga ko‘ra, kompaniya xodimlariga 3–7-sentabr hamda 15–28-sentabr kunlari maosh to‘lanadigan ta’til berilmasligi rejalashtirilgan.
Bundan taxmin qilish mumkinki, 3-sentabr kuni IFA 2014 ko‘rgazmasi paytida yangi Galaxy Note smartfoni e’lon qilinsa, 15-sentdabrdan keyin u sotuvga chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, IFA 2014 ko‘rgazmasida Samsung nafaqat Galaxy Note smartfonini, balki SIM-karta o‘rnatiladigan Gear Solo aqlli soatini ham e’lon qilishi mumkin.