“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari – bosh muhandisi Mirhosil Xolmatov Mercedes Benz avtobuslarining yonib ketish sabablarini keltirdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi paytlarda tez-tez sodir bo‘layotgan bunday hodisaga elektr simlari plastik izolyatsiyasi butunligining buzilishi natijasida qisqa tutashuv yuzaga kelayotgani sabab bo‘lmoqda.
“Avtobuslarning yonib ketish hollariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yo‘nalishga chiqarilayotgan transport vositalarining texnik va sanitariya holati har kuni nazorat qilinmoqda”, — dedi Xolmatov.
Nashrning eslatishicha, o‘tgan yilning martidan buyon Mercedes Benz rusumidagi avtobuslarning yonib ketishi bilan bog‘liq yettita holat qayd etilgan.
Izoh (0)