“Monako” yarim himoyachi Xames Rodriges bugun, 22-iyul kuni “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtiriladi, deya xabar beradi Stadion.uz.
Futbolchiga 10-raqamli futbolka topshiriladi. Uning "Real" bilan shartnomasi olti yilga mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga yetti million yevro (9,5 million dollar atrofida) maosh oladi. Kolumbiyalik futbolchining transferi 80 million yevro (deyarli 109 million dollar)ga baholanmoqda.
Xames Rodriges “Real”da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning taqdimot marosimi bugun “Santyago Bernabeu”da o‘tkazilishi kutilmoqda.