Tojikistonda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i yopib qo‘yildi, deya xabar berdi Vesti.ru mahalliy OAVlarga tayanib.
20-iyul, yakshanba kuni ertalabdan respublikadagi yetakchi internet-operatorlar mijozlari “Odnoklassniki” ochilmay qolganini ma’lum qilgan.
Tojikiston provayderlari assotsiatsiyasi rahbari Asomiddin Atoyev bunday ma’lumotga ega emasligini aytgan. Avvalroq mamlakatda YouTube videoxostingi yopib qo‘yilgan edi. Bir hafta o‘tib, u yana qayta ochilgan.
Izoh (0)