12-iyul, shanba kuni Yerda “super Oy” kuzatiladi, deya xabar bermoqda “Moya planeta” nashri.
Ushbu kosmik hodisada Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq ko‘rinadi. Bu to‘lin oy yoki yangi oyning Oy va Yerning bir-biriga eng yaqin kelgan paytiga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liq.
“Super Oy” har yili kuzatilavermaydi, shu bilan birga bir yil ichida bir necha marta ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan 2014-yilda bunday hodisaga besh marta guvoh bo‘lish mumkin: yanvar oyida ikki marta “super Oy” kuzatilgan, qolgan uchta hodisani 12-iyul, 10-avgust va 9-sentabr kunlari ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)