Samsung kompaniyasining yangi premium-flagmani — Galaxy F metall korpusga ega bo‘ladi. Bu haqda Mail.Ru xabar berdi.
Internetda tarqalgan suratlarga ko‘ra va surat muallifining tasdiqlashicha, Galaxy F smartfonining chetlari metaldan ishlangan. Galaxy S va Galaxy Note lineykasidagi qurilmalarda esa plastmassa ishlatilgan. Galaxy F'ning old va orqa tomonlari esa plastmassaligicha qoladi.
Qurilma qaysidir ma’noda metal ramkali Nokia Lumia 925/930 va metal bilan polirovka qilingan metalga o‘xshash qopqoqqa ega LG G3’ga o‘xshash bo‘ladi.
To‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805 protsessori, 3 Gb tezkor xotira va 16 megapikselli kameraga ega Galaxy F smartfoni sentabr oyida taqdim etilishi va kuzda ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan iPhone 6’ga raqib bo‘lishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)